Innovatsion taraqqiyot va inson xavfsizligi - banner

“Texnosfera xavfsizligi”

Ilmiy-texnik jurnal — ilmiy izlanishlar, texnologiyalar va amaliy tajribalarni keng auditoriyaga taqdim etish maqsadida

Jurnal haqida

“Texnosfera xavfsizligi” ilmiy-texnik jurnali ochiq jurnal hisoblanib, mazkur jurnalning vazifasi — ilm-fan taraqqiyotining model­lashuvi, ta’lim yutuqlari va istiqbollarini, shuningdek innovatsion rivojlanish va inson xavfsizligi sohasidagi zamonaviy ilmiy izlanishlar, texnologiyalar, amaliy tavsiyalar va tajribalarni keng auditoriyaga taqdim etishdir.

Jurnal dolzarb muammolar va ularning yechimlarini, shuningdek ishlab-chiqarish va ta’limning modernizatsiyalashuvi bosqichlarini keng qamrovda yoritib boradi. Maqsad — soha mutaxassislari va olimlarning tadqiqotlarini jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodning ilm-fan va ta’limga qiziqishini oshirish hamda ilmiy konsepsiyalarni targ‘ib qilish.

e-ISSN

 

Tillar

Maqolalar qabul qilinadi: oʻzbekcha, ruscha, inglizcha.

Soha ixtisosliklari

05.00.00 — Texnika fanlari
06.00.00 — Qishloq xo‘jalik fanlari
08.00.00 — Iqtisodiyot fanlari
13.00.00 — Pedagogika fanlari
01.00.00 — Fizika-matematika fanlari

DOI va indeksatsiya

Har bir nashr qilingan maqolaga raqamli identifikator (DOI) beriladi — https://www.doi.org.

Jurnal quyidagi bazalarga indeksatsiya qilingan:

  • Google Scholar
  • CrossRef (doi tayinlash orqali)
  • Milliy elektron kataloglar

Maqsad va vazifalar

Jurnal maqsadi — innovatsion rivojlanish va inson xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, yangi texnologiyalar va amaliy yechimlarni xabardor qilish, shuningdek yosh olimlar va mutaxassislarning malakasini oshirishga hissa qo‘shishdir.

Maqola topshirish

Maqola qabul qilish qoidalari, format va yuborish uchun Mualliflar uchun yo‘riqnoma sahifasiga murojaat qiling.

Elektron pochtaga yuborish: admin@itix-journal.uz

Jurnal taʼsischilari

  1. Qarshi davlat texnika universiteti