Jurnal haqida

“Texnosfera xavfsizligi”
Ilmiy-texnik jurnal — ilmiy izlanishlar, texnologiyalar va amaliy tajribalarni keng auditoriyaga taqdim etish maqsadida
Jurnal haqida
“Texnosfera xavfsizligi” ilmiy-texnik jurnali ochiq jurnal hisoblanib, mazkur jurnalning vazifasi — ilm-fan taraqqiyotining modellashuvi, ta’lim yutuqlari va istiqbollarini, shuningdek innovatsion rivojlanish va inson xavfsizligi sohasidagi zamonaviy ilmiy izlanishlar, texnologiyalar, amaliy tavsiyalar va tajribalarni keng auditoriyaga taqdim etishdir.
Jurnal dolzarb muammolar va ularning yechimlarini, shuningdek ishlab-chiqarish va ta’limning modernizatsiyalashuvi bosqichlarini keng qamrovda yoritib boradi. Maqsad — soha mutaxassislari va olimlarning tadqiqotlarini jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodning ilm-fan va ta’limga qiziqishini oshirish hamda ilmiy konsepsiyalarni targ‘ib qilish.
e-ISSN
Tillar
Maqolalar qabul qilinadi: oʻzbekcha, ruscha, inglizcha.
Soha ixtisosliklari
05.00.00 — Texnika fanlari
06.00.00 — Qishloq xo‘jalik fanlari
08.00.00 — Iqtisodiyot fanlari
13.00.00 — Pedagogika fanlari
01.00.00 — Fizika-matematika fanlari
DOI va indeksatsiya
Har bir nashr qilingan maqolaga raqamli identifikator (DOI) beriladi — https://www.doi.org.
Jurnal quyidagi bazalarga indeksatsiya qilingan:
- Google Scholar
- CrossRef (doi tayinlash orqali)
-
Milliy elektron kataloglar
Maqsad va vazifalar
Jurnal maqsadi — innovatsion rivojlanish va inson xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, yangi texnologiyalar va amaliy yechimlarni xabardor qilish, shuningdek yosh olimlar va mutaxassislarning malakasini oshirishga hissa qo‘shishdir.
Maqola topshirish
Maqola qabul qilish qoidalari, format va yuborish uchun Mualliflar uchun yo‘riqnoma sahifasiga murojaat qiling.
Elektron pochtaga yuborish: admin@itix-journal.uz
Jurnal taʼsischilari
- Qarshi davlat texnika universiteti